1

Sochingiz to`kilyaptimi? Sinalgan 4 resept!

SUG'DIYONA 24.11.2018, 18:39
Sochingiz to`kilyaptimi? Sinalgan 4 resept!

Agar sizni soch to`kilishi, “gullashi“, tolasi sinishibezovta qilayotgan bo`lsa, quyidagi niqoblarni sinab ko`ring. Umid qilamizki, ular sizga yordam beradi.

Xantal + zaytun moyi

3-4 osh qoshiq xantal kukunini 2 osh qoshiq iliq suvda aralashtirib oling. So`ng unga bir dona tuxum sarig`i, 2-3 choy qoshiq shakar va 2 osh qoshiq zaytun yog`idan qo`shing. Niqob soch ildiziga surtilgach, boshga sellofan xalta o`raladi. 20 daqiqadan so`ng niqobni yuvish mumkin.

Tuxum + sarig`i

Bir dona tuxum sarig`iga bir osh qoshiq suyuq asalni aralashtirib, namlangan soch ildiziga surtib chiqing. 15 daqiqadan so`ng sochni avval iliq suvda, so`ng limon sharbati aralashtirilgan suvda chayib oling.

Piyoz + sarimsoqpiyoz

2 osh qoshiqdan piyoz va sarimsoqpiyoz sharbatini aloµida idishga soling. Ozroq o`simlik yog`i yoki qatiq qo`shing. Aralashma nam soch ildiziga surtilib, 15 daqiqa qoldiriladi. Niqobni chayib olishda olma sirkasi qo`shilgan suvdan foydalanish lozim. Shunda sochdan piyoz µidi kelib qolmaydi.

Xina + qatiq

Bu resept juda oson tayyorlanadi. 2-3 osh qoshiq yog`siz qatiqqa 5-6 osh qoshiq xinani aralashtirib, soch ildizi va uzunligi bo`yicha surtib qo`yish kerak. 20 daqiqadan so`ng niqob iliq suvda chayiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1