1

O`zbekistonda mineral o`g`itsiz hosil etishtirish texnologiyasi yaratildi

Iqtisodiyot 20.09.2019, 16:17
O`zbekistonda mineral o`g`itsiz hosil etishtirish texnologiyasi yaratildi

O`zR FA Genetika va o`simliklar eksperimental biologiyasi instituti ilmiy xodimi, biologiya fanlari doktori Baxtiyor Rasulov tomonidan O`zbekistonda mineral o`g`itlarsiz kuzgi bug`doy etishtirish biotexnologiyasi ishlab chiqildi va amalda muvaffaqiyatli sinovdan o`tdi.

Mazkur biotexnologiya usuli yordamida – azotli va fosforli mineral o`g`itlarsiz bug`doy hosildorligi oshiriladi. Dala sharoitidagi tadqiqotlar Toshkent viloyati Yangiyo`l tumani Kalgan massividagi bug`doy dalalarida o`tkazildi. Bu haqda O`zFA matbuot xizmati xabar berdi.

Biotexnologiyaning asosini tuproqlarda, o`simlik ildizlari atrofida ko`payadigan foydali bakteriyalarning noyob biologik xususiyatlariga asoslanadi. Tuproq bakteriyalari o`simliklarning o`sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshirishda talab etiladigan biologik azot va fosfor, turli fiziologik faol moddalar, oqsillar (shuningdek, aminokislotalar), vitaminlar hosil qiladi. Tuproqning muhim bio-ekologik xususiyatlarini tiklaydi – tuproq yosharadi. Taklif etilgan ushbu biotexnologiyada ana bakteriyalardan foydalaniladi.

Biotexnologiyaning fundamental tadqiqotlari, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari, jumladan XXR FA fizika va kimyo hamda ekologiya-geografiya institutlarida tadqiq etilgan.

Dala sharoitidagi tadqiqotlarda ushbu biotexnologiya asosida va mineral o`g`itlar qo`llanmasdan o`rtacha 50 ts/ga hosil olingan. Olimning fikriga ko`ra, bug`doyning bu hosili yuqori chegara emas. Biotexnologiyaning qo`llash usullarini optimallashtirish orqali bug`doy hosildorligini bundanda oshirish mumkin. Shuningdek, mazkur ishlanma, ayniqsa, sho`rlangan tuproqlarning biologik xususiyatlarini tiklash va bug`doy hosildorligini oshirishda juda foydali, O`zbekiston sharoitlarida istiqbolli hisoblanadi. Sho`rlangan tuproqlarda mineral o`g`itlarning qo`llanishi tuproq minerallashuvi – sho`rlanishini kuchaytiradi. Taklif etilgan biotexnologiya esa, shuningdek, tuproq minerallashuvini kamaytirishga katta yordam beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1