Turkiyaning Izmirida sharqona shirinliklar tayyorlash bo`yicha chempionat bo`lib o`tdi. Unda 11 ta davlatdan, jumladan Turkiya, Jazoir, Ozarboyjon, Tunis, Misr va Livandan qandolatchilar jamoalari musobaqalashishdi.
Chempionatda O`zbekiston oshpazlari uyushmasi jamoasi ham qatnashdi. Qandolatchilar 3 kun davomida o`z mahoratlarini namoyish qilishdi. Chempionatni mezbon jamoa vakillari milliy shirinliklardan badiiy kompozisiyalar yaratib boshlab berishdi.
2-kun yakka va jamoaviy musobaqalar bo`lib o`tgan. 3-kun esa chempionat ishtirokchilari 3 ming metrlik tort tayyorlab, rekord o`rnatish maqsadida birlashishdi.
E`tiborlisi, chempionat yakunlariga ko`ra bosh sovrin – gran-prini O`zbekiston vakili, uyushma qoshidagi Xalqaro o`zbek pazandachilik san`ati markazi bitiruvchisi Xilola Abzalova qo`lga kiritdi