Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi 50 ta sarguzashtli turistik yo`nalishlar ro`yxatini tuzib chiqdi. Reytingning eng yuqori pog`onasida O`zbekiston turibdi, deb yozadi Qalampir.
“O`zbekiston rivojlanmoqda. Mamlakatda viza talablarining engillashtirilishi tufayli u erga tashrif buyuruvchilar soni ko`paydi. Qolaversa, Joanna Lamlining mualliflik dasturi ham bunga turtki bo`ldi. Lamli muallifidagi “Buyuk ipak yo`li sarguzashtlari” sayohat dasturi Navro`z bayrami misolida O`zbekistonni ilk marta ko`rsatib berishdi. Dasturda Xiva, Buxoro, Samarqand kabi ajoyib shaharlar tasvirlangan.
Mahalliy oilalar va yuqori darajadagi restoranlarda ovqatlanish, an`anaviy yog`och o`ymakorligi bilan yaqindan tanishish, kulollar ishi va moda dizaynerlarini tomosha qilish, “Ko`pkari” milliy o`yinlarini borib ko`rish shular jumlasidandir”, deb yozadi Buyuk Britaniyaning The Telegraph gazetasi.
Nashrning ma`lum qilishicha, Navro`z kunlari O`zbekistonga 11 kunlik safar narxi 3550 funtdan boshlanadi. Bu qiymat o`z ichiga, aviachiptalarni qo`shmagan holda, turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlariga sarflanadi.
Sarguzashtbop davlatlarning 50 talik ro`yxatiga, jumladan, quyidagi mamlakatlar ham e`tirof etilgan:
1. O`zbekistonda Navro`z
2. Keniya savannalari
3. Butandagi Oltita hissiyot deb atalmish yangicha “kulbalar”
4. Nikaraguaning mahalliy aholisi bilan tanishish
5. Pokistonning Hindukush tog`lari
6. Rossiyaning Murmansk oblastida yashovchi sami xalqi bilan tanishuv
7. Argentina va Chilida Janubiy Amerika tarixiga sayohat
8. Kashf etilmagan Malavi (Afrika)
9. Finlyandiyada shimol yog`dusi
10. Shimoliy Amerikada joylashgan Gayana junglilari va qishloqlari
11. Buyuk Xitoy devori, Tyananmen maydonida varrak uchirish, pandalar
12. Norvegiyaning betakror tabiati va qutb ayiqlari
13. Kolumbiyadagi tropik o`rmonlar, tog`lar va sharsharalar
14. Livanning betakror go`shalari
15. Grenlandiya orolidagi tundra va chang`i uchish
16. Buyuk Britaniya milliy bog`lari va vodiylari
17. Portugaliya tog`lari aro velosipedda sayohat, Madeyra oroli
18. And tog`lari orqali Argentinadan Chiliga qadar elektrovelosipedda borish
19. Yangi Zelandiyaning musaffo tabiati
20. Yaponiyaning so`lim va tinch qishloqlari bo`ylab piyoda safar – Alp tog`laridagi qadimiy samuraylar yo`li
21. Sloveniyadagi Yogar vodiysi – cho`qqi va sharsharalar, o`rmon sayohati, yoga va meditasiya darslari
22. Peruni piyoda kezish – Machu Pikchu va inklardan qolgan boshqa yodgorliklar
23. Italiyaga safar
24. Avstraliya bo`ylab piyoda va qayiqdagi sayohat
25. Ingliz kanalidagi Uayt oroli
26. Karib dengizidagi Dominika oroli
27. Albaniya, Kosovo va Shimoliy Makedoniyaga poezd va paromda sayohat
28. Avstraliyadagi Marjon qirg`oqlari
29. Gibraltar bo`g`ozidan o`tib, Marokash shaharlarini kezish
30. Alyaskaning yovvoyi tabiati bag`rida motosiklda sayohat qilish
31. Namibiya, Botsvana va Zimbabve (Viktoriya sharsharasi)
32. Tojikiston va Qirg`iziston manzaralari – ko`llar, Pomir va Fon tog`lari etaklarida piyoda va avtomobilda sayr (Afg`onistonning Vohan yo`lagiga qadar)
33. Bepoyon Kanada bo`ylab poezd sayohati – shimoldagi tog`li Yukon hududi, qor ustida piyoda yurish, muz ustida baliq ovlash, shimol yog`dusi
34. Irlandiyaning qoyali kengliklari, qadimiy qasrlar va shaharlar
35. Shotlandiyaning ko`k-yashil dengizli orollar arxipelagi, konoeda eshkak eshish, delfinlar
36. Sudan – Qizil dengiz sohillaridagi plyajlar, motorli qayiqda betakror manzaralar
37. Avstraliya atrofida 27 kunlik kema sayohati
38. Seyshel orollari (Afrika sharqida) – yaxtada sayr, o`ziga xos plyajlar va ekspedisiyalar
39. Karib dengizi bo`ylab kichik kemada bir haftalik sayohat
40. Shri-Lanka tabiatidan bahra olish va ijtimoiy loyihalarda volontyor sifatida qatnashish
41. Kanadaning Manitoba provinsiyasi – kit, delfin va qutb ayiqlari (tag qismi shaffof oynali qayiq)
42. Norvegiya qirg`oqlarida kitsimon baliqlar makoniga sayr
43. Ispaniya qirg`oqlari, o`rmon va shaharlari
44. Braziliya yovvoyi tabiati bilan tanishish – yaguarlar, dengiz fillari, kitlar va pingvinlar
45. Mo`g`uliston – faol vulqonlar, qimirlab turuvchi muzli ko`llar
46. Osiyo bo`ylab 26 haftalik sayohat – Istanbul (Turkiya), Katmandu (Nepal), Boku (Ozarboyjon), Kaspiy dengizida paromlar, Kavkaz, Markaziy Osiyo, Himalay va Qoraqo`ram tog`lari, Toj Mahal va boshqalar.
47. Serra-Leone – Afrika yovvoyi tabiati, Banan orollari, Krio qishlog`i, Fritaun
48. Chiliga astronomik sayohat – 14 dekabrdagi to`liq Quyosh tutilishini Atakama sahrosida joylashgan mashhur sayyohlik observatoriyasida kuzatish
49. Astronomlar bilan «Yangi olimning yangi fazosi: o`tmish va kelajakka sayohat» nomli tur (AQSh) – NASA muzeylari, Rozuellning NUJ markazi, “Very Larga Array” radioto`lqin observatoriyasi, “Virgin Galactic”ning fazo porti
50. Nepaldagi Buyuk Himalay trassasi bo`ylab tog` sayohati.