AsosiyJAMIYAT

Urgutda 1.5 million tonna kub metr suvni sig`dira oladigan ombor qurildi

Samarqand viloyati Urgut tumanida 16 gektar maydonni egallagan mazkur suv ombori Kamongaro...

Samarqand viloyati Urgut tumanida 16 gektar maydonni egallagan mazkur suv ombori Kamongaron soyi, buloq va sel suvlaridan to`planib, 1,5 million kub metrgacha obi hayotni tashkil etadi.

Inshootda to`palanayotgan suv miqdori va tarkibini aniqlash, uni taqsimlash uchun zamonaviy uskunalar o`rnatilgan. Ushbu suv ombori tumandagi 100 gektarga yaqin erni suv bilan ta`minlash, meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Kamongaron va Vag`ashti qishloqlari aholisi va fermer xo`jaliklarining suvga bo`lgan ehtiyojini to`la qondiradi.

Tuman qishloq xo`jaligida suvdan samarali foydalanish hamda suv ta`minotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan mazkur loyiha uchun 17 milliard 884 million so`mdan ziyod mablag` sarflandi, deb yozadi O`zA.

    Boshqa yangiliklar