AsosiyJamiyat

«O`zbekinvest» Xorazmda aholini aldayapti

«O`zbekinvest» milliy sug`urta kompaniyasining Urganch filiali ayrim xodimlari  sug`u...

'«O`zbekinvest» Xorazmda aholini aldayapti'ning rasmi

«O`zbekinvest» milliy sug`urta kompaniyasining Urganch filiali ayrim xodimlari  sug`urtalashning yangicha usuli kashf etishayotgandek.

Ma`lum qilinishicha, yaqinda filial xodimlari Hazorasp tumanidagi qishloqlarda uyma-uy yurib, o`zlarini go`yoki tuman soliq idorasi xodimi sifatida tanishtirgan va mulk solig`idan qarzi borligini aytib, pul undirishgan. Biroq pul to`langanlik haqida berilish lozim bo`lgan kvitansiya o`rniga «O`zbekinvest»ning «Mening uyim – mening mulkim» – jismoniy shaxsning uy-joyini sug`urtalash polisini berib ketishgan.

Ana shunday holat bo`yicha Bo`ston qishlog`idagi «Qovunchi» mahallasida yashovchi o`nlab nafar fuqarolarning mol-mulki sug`urtalanganligi aytilmoqda.

– Farzandlarim ishda, nabiralarga qarab o`tirganimda ikki nafar yigit bilan bir qiz kelib, onaxon, bizlar tuman soliq idorasidanmiz. Mulk solig`idan sal kam yuz ming so`m qarzingiz bor ekan, agar to`lamasangiz, majburiy ijro byurosiga o`tkazib yuboramiz, keyin ustama bilan undirib olishadi, deyishdi. Shoshib qoldim va pensiyamdan 80 000 so`m to`ladim. Keyin ular qo`limga shu qog`ozni tutqazib ketishdi, – deydi nafaqaxo`r Sharifa Seymamatova.

– Men har yili mulk va er solig`ini yil boshidayoq to`lab qo`yaman. Uyga kelsam, onam bir hujjat tutqazdi, u soliq idorasining emas, «O`zbekinvest» sug`urta kompaniyasiniki ekan, –  deydi onaxonning o`g`li P.Qadamov.

 

Boshqa yangiliklar