Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qo`qon shahridagi avtomobillar turargohida sodir bo`lgan voqea bo`yicha Qo`qon shahar hokimligi rasmiy bayonot berdi.
Unga ko`ra, Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining bergan ma`lumotiga ko`ra holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv ishlari natijasida Qo`qon shahar, Farobiy ko`chasida joylashgan “Qo`qon savdo kompleksi” MChJ yonidagi joydan “Ulug`bek Mega Trans” MChJ rahbari hech qanday hujjatlarsiz, yo`nalishsiz taksi avtomashinalari uchun ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan turargoh sifatida foydalanib kelgani aniqlandi.
Yo`lovchilarni haqorat qilgan fuqaroga Qo`qon shahar Ma`muriy sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183- moddasiga asosan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Fuqaroning ruxsatsiz, o`zboshimchalik bilan turargoh sifatida joydan foydalanganligi bo`yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qo`qon shahar bo`limi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.