Bosh prokuratura jinoyat ishi ochilgan xususiy bandlik agentligi ishi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 11.12.2019, 19:08
Teglar: Bosh prokuratura, “HUMAN” agentligi
Bosh prokuratura jinoyat ishi ochilgan xususiy bandlik agentligi ishi bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan “HUMAN xususiy bandlik Agentligi” MChJ rahbari Sh.Fayzullaevga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, jinoyat ishi bo`yicha ayblov xulosasi Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 11.12.2019 yilda tasdiqlanib, Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati sudiga yuborildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Jabrlanuvchilarga etkazilgan zararni qoplash maqsadida ayblanuvchi Sh.Fayzullaevga tegishli bo`lgan xonadonlar, avtomashinalar, qimmatbaho mol-mulklar xatlangan va naqd pullar olinib, IIV depozit hisob raqamiga topshirilgan.

Mazkur jinoyat ishidan jabrlanuvchilarga zararni to`lik qoplash maqsadida«HUMAN xususiy bandlik Agentligi» MChJ mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolardan olingan juda ko`p miqdordagi pul mablag`lari 11 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga turli-xil yo`llar bilan ko`chirish orqali o`zlashtirilgan qismi tadbirkorlik sub`ektlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishini qo`zg`atgan xolatda alohida ish yurituvga ajratildi.

Hozirda tergov va sudda ko`rilayotgan jinoyat ishlari doirasida hamma jabrlanuvchilarga etkazilgan zararlarni qoplash choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Oydinlik kiritildi (video)

29.08.2022, 12:54

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er ayolini o`ldirib, jasadini 2 kun mashinasida saqlab yurgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha,...
2021 yil davomida O`zbekistonda qancha mansabdor shaxslar jinoyatga qo`l urgani ma`lum qilindi

21.01.2022, 02:17

2021 yil davomida respublika bo`yicha jami 2.345 ta jinoyat ishi bo`yicha 2.804 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka  tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar...
Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi kurashda kreativ usuldan foydalanmoqda

09.12.2021, 23:53

So`nggi kunlarda prokuratura organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.Bosh prokuratura o`z tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda...
Bosh prokuraturaning yana bir xodimi pora bilan qo`lga olindi

09.12.2021, 21:42

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Unda aniqlanishicha, shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshlig`ining o`rinbosari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1