1

Karantin davrida ishdan chetlatilgan xodimga nafaqa to`lanadimi?

Jamiyat 16.03.2020, 14:46
Karantin davrida ishdan chetlatilgan xodimga nafaqa to`lanadimi?

Adliya vazirligi qonunchilikka ko`ra, agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya  organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan chetlatilgan bo`lsa davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqa berilishini aytmoqda.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo`lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to`liq miqdorida, boshqa hollarda esa ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda to`lanadi .

Bunday nafaqaning eng kam miqdori mehnatga haq to`lash eng kam miqdori (679 ming 330 so`m)ning 35,2 foizidan, ya`ni 239 ming 124 so`mdan oz bo`lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1