Qirg`iziston va Tojikiston o`rtasidagi chegarada otishma sodir bo`ldi.hodisa yuz berdi, deb xabar qildi “24.kg”.
Unga ko`ra, qirg`iz harbiylari davlat chegarasidan 250–300 metr uzoqlikda, boshqa davlat hududida mol boqayotgan tojik cho`ponlarini aniqlagan. Hududni tark etish talabiga javoban cho`ponlar askarlarga qarata tosh otgan. Ulardan biri esa chegarachilarga bir necha marta o`q uzgan”, — deyiladi chegara xizmati xabarida.
Hozircha Tojikistondan ma`lumot tasdiqlanmagan.
Aytilishicha, chegarachilar havoga bir necha marta o`q uzgan. Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, Tojikiston fuqarolaridan biri oyog`idan jarohat olgan, biroq bu jarohat aynan chegaradagi hodisa natijasida yuzaga kelgani haqida hech qanday dalil keltirilmagan.
Hozirda ikki tomon chegara xizmatlari vakillarining uchrashuvi kutilmoqda.