1

BMTning O`zbekiston bilan hamkorlik aloqalari muhokama etildi

Jamiyat 07.05.2024, 23:22
BMTning O`zbekiston bilan hamkorlik aloqalari muhokama etildi

Senat raisi Tanzila Narbaeva BMTning O`zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal Bryus bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqida Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O`zbekistonning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari bilan hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, gender tenglikni ta`minlash, yoshlarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, ekologik muammolar, jumladan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalalariga e`tibor qaratildi.

O`zbekistonning mintaqaviy va global ahamiyatga ega dolzarb masalalarini hal etish borasidagi sa`y-harakatlar va davlat rahbari tomonidan xalqaro maydonda ilgari surilgan tashabbuslar BMT tomonidan to`liq qo`llab-quvvatlanishi ta`kidlandi. Bu, o`z navbatida, ushbu nufuzli tuzilma bilan munosabatlar izchillik kasb etayotganini anglatadi.

Konsuelo Vidal Bryus xonim O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni yuksak baholab, respublikamizning BMT bilan hamkorligi yangi bosqichda rivojlanayotganini ta`kidladi.

Do`stona va konstruktiv ruhda o`tgan uchrashuv yakunida tizimli muloqotni davom ettirish, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va rag`batlantirish, umuman hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni davom ettirishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1