AsosiyShou-biznes

Aktrisa nima uchun "Zirapcha"da ishlashga rozi bo`lgan edi

'Aktrisa nima uchun "Zirapcha"da ishlashga rozi bo`lgan edi'ning rasmi

“Zirapcha” loyihasidan taklif bo`lgan vaqtda “Sevimli” telekanali hali mashhur bo`lmagan yangi telekanal edi. Bu loyiha O`zbekiston uchun boshqacha yangilik bo`lgandi.

Bunday realitiy shoular ya`ni haqiqiy shoular hali bo`lmagandi. Insonlar hayotini boricha ko`rsatish, qog`ozga o`ramay olib chiqish bizda  yangilik edi.

U vaqtda o`zimga yarasha imidjga, obro`-e`tiborga ega aktrisa bo`lganligim uchun biroz qo`rqdim va juda ikkilandim.

Taklif bo`lgan kuni uyga kelib, onam bilan maslahatlashganman.

Ona, ”zirapcha” nomli yangi loyihadan taklif bo`ldi. Ko`plab taniqli aktrisa, jurnalist-boshlovchilar rad javobini beribdi. Lekin inson sifatida, ichimda qaysidir bir kuch ishlashimni xohlayapti. To`g`ri tangani ikkita tarafi bor. Bu loyihani xalq qabul qilsa, insonlar yaxshi qarshilaydigan bo`lsa kelajagi bor, rivojlanadigan loyiha.

Ammo loyihada kichik bir xatolikka yo`l qo`yilsa ham  shuncha yillik mehnatim, obro`yim chilparchin bo`ladi. Oldimdp katta mas`uliyat turibdi, deganman.

“Bolam, bor. Rozi ekanligingni ayt. Ko`ngling xotirjam bo`lmayotgan bo`lsa, turmush o`rtog`ing bilan ham maslahatlashib ko`r. Chunki seni qo`llab-quvvatlaydigan ham, yoningda turadigan ham ering”— dedilar.

Turmush o`rtog`imga aytishim bilan: “zo`r, rad javobini bermang. Tomoshabinlarga yangilik bo`ladi. To`g`ri har xil gap-so`z eshitishingiz mumkin. Lekin bularga e`tibor berib, bormay qo`yishingiz bo`lmaydi. Har doim negativ fikrlaydiganlar bo`lgan. Odamlarga e`tibor bermay nimani xohlayotgan bo`lsangiz shuni qiling” – dedilar.

Yaqinlarimning maslahatlari bilan ichimdagi ikkilanishni engib bordim...

To`liq intervyu uchun havola:

    Boshqa yangiliklar