AsosiyHi-tech

O`qituvchilarga alohida videodarslar tayyorlash va tarqatish bo`yicha hech qanday ko`rsatma berilmagan — Xalq ta`limi vazirligi

'O`qituvchilarga alohida videodarslar tayyorlash va tarqatish bo`yicha hech qanday ko`rsatma berilmagan — Xalq ta`limi vazirligi'ning rasmi

Karantin munosabati bilan ta`tilga chiqqan tizimi xodimlari, o`qituvchi va pedagoglarni ogohlantirish maqsadida Xalq ta`limi vazirligi “onlayn darslar” masalasida quyidagilarni tushuntirishni lozim deb topadi:

1.  Xalq ta`limi vazirligi va milliy teleradiokompaniya tarkibidagi telekanallar hamkorlikda videodarslarni suratga olish ishlarini olib bormoqda. Bu haqdagi ma`lumotlar vazirlik ijtimoiy tarmoqlari va OAVlarda berilib borildi.

2.  Videodarslar yaqin kunlar ichida “Oilaviy”, “Madaniyat va ma`rifat”, “Dunyo bo`ylab” va “Yoshlar” telekanallarida hamda Xalq ta`limi vazirligi rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida (@uzedu) namoyish etiladi. Ya`ni videodarslar nafaqat internet tarmog`ida, balki telekanallar orqali ham namoyish etiladi.

3.  Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilarga alohida videodarslar tayyorlash va ularni tarqatish bo`yicha hech qanday ko`rsatma bermagan. Hududlarda videodars olishga o`qituvchilarni norozi qilgan holda jalb qilish va turli hujjatlarni to`ldirishni talab qilishga qat`iyan chek qo`yish bo`yicha qo`shimcha topshiriqlar berildi.

4. Shu bilan birga, agar yuqorida keltirib o`tilgan holatlar siz bilan sodir bo`layotgan bo`lsa yoki shu to`g`risida ma`lumotga ega bo`lsangiz sodir etilayotgan hudud va maktabni aniq ko`rsatgan holda Xalq ta`limi vazirligiga murojaat qilishingizni so`raymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar