AsosiyDUNYO

Niqob kiying yoki qamoqqa tushing

Bugun jahonga tahdid solayotgan pandemiya tarixda birinchisi emas. Dunyo tarixida bunday x...

'Niqob kiying yoki qamoqqa tushing'ning rasmi

Bugun jahonga tahdid solayotgan pandemiya tarixda birinchisi emas. Dunyo tarixida bunday xavfli kasalliklar to`lqini avval ham yuz bergan. 

Taxminan 100 yil oldin dunyoda grippning o`limga olib keladigan shakli bo`lgan "Ispanka" pandemiyasi avj olgan edi. Bu xavfli infeksiya oqibatida o`sha vaqtda ba`zi mamlakatlarda aholining 20 foizigacha nobud bo`lgan. O`sha nda ham  sanitariya talablariga bo`ysunmaganlar, karantin qonuniyatlarini mensimaganlar haqiqatan ham qamoqqa tashlangan. 

Darhaqiqat qonun oldida barcha barobar. Kasallik oldida ham... U o`z o`ljasini boy yoki kambag`al, yosh yoki keksa, chiroyli yoki hunuk, gunohkor yoki gunohsiz deb tanlab o`tirmaydi. 

Urush payti ehtiyotsizlik qilgan odam faqat o`zining hayotini xavf ostiga qo`yishi mumkin. Epidemiya davrida ehtiyotsizlik qilgan kishi esa nafaqat o`zi, balki oilasi, yaqinlari, yurtdoshlari, hatto butun millatni xavf ostiga qo`yadi. 

Shuning uchun karantin shartlariga qat`iy amal qilishga majburmiz. Bu borada mas`uliyatsizlik qilganlarga jazo muqarrardir.

Surat "Niqob kiying yoki qamoqqa tushing" deb nomlaygan, Kaliforniya, AQSh, 1918 yil.

Boshqa yangiliklar