1

O`zbekistonlik ixtirochi masofadan issiqlik haroratini o`lchaydigan termometrning mahalliy prototipini yaratdi

Hi-tech 03.04.2020, 08:48
O`zbekistonlik ixtirochi masofadan issiqlik haroratini o`lchaydigan termometrning mahalliy prototipini yaratdi

Yosh ixtirochilardan Bunyodbek Zaripov masofadan issiqlik haroratini o`lchaydigan termometrning mahalliy prototipini yaratdi. Bu haqda Innovasion rivojlanish vazirligi xabar qildi.

U 3D printerdan chiqarilgan bo`lib, tana haroratini uzoqdan turib lazer yordamida o`lchaydi. Hozirda ushbu vositaning prototipi ishlab chiqilmoqda va sinov ishlari olib borilmoqda.

Mazkur termometr xorijdan keltiriladigan tibbiy asbob-uskunalardan farqli o`laroq ancha arzonligi bilan diqatga sazovordir. Bu mahsulotimizning narxi taxminan 220 ming so`m bo`lishi mo`ljallangan.

Yana bir ishlanma bu 3D printerdan chiqarilgan maxsus shlem. Hozir pandemiya paytida bu mahsulot juda talabgir, 15-18 ming so`m atrofida. Karantin davrida dorixona va supermarketlarda tarqatilsa, juda asqotadi. Bir martalik matoli niqoblardan farqli ravishda, undan undan ko`p marotaba foydalanish mumkin.

Karantin davrida aholi oziq-ovqat do`konlari va drixonalarga borib turishi tabiiy. Yosh innovatorlar do`konlarga kirib chiqishda foydalanadigan individual eshik tutqichlarini ham ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1