AsosiyJamiyat

“Do`stlik” bog`ida bironta daraxt kesilishi mumkin emas – Ekopartiya

'“Do`stlik” bog`ida bironta daraxt kesilishi mumkin emas – Ekopartiya'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanidagi “Do`stlik” (Bobur) madaniyat va istirohat bog`ining qayta rekonstruksiya qilinishi va parkga atrasionlar joylashtirilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Bu haqda O`zbekiston Ekologik partiyasi xabar berdi. 

Mazkur holat aholining e`tiroz va muhokamalariga sabab bo`lmoqda. Bugun shahar markazlarida yashil bog`larni barpo etish hayotiy zarurat va dunyo trendiga aylangan. Atrasionli ko`ngilochar parklar esa asosan shaharlar tashqarisida joylashtiriladi. 

Qonunchiligimiz talabiga ko`ra shaharsozlik hujjatlari loyihalari belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o`tkazilishi kerak. 

Shularni inobatga olgan holda mutasaddilar mazkur bog`dagi daraxt va yashillikni saqlab qolishlari, atrasionlar o`rnatilmasligi va bog`ni rekonstruksiya qilish loyihasini jamoatchilikka taqdimot qilishlari lozim. 

O`zbekiston Ekologik partiyasi har qanday qurilish va rekonstruksiya ishlari atrof-muhitga va daraxtlarga zarar etkazmaslik, yashil hududlar kamayishiga yo`l qo`ymaslik va jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim, deb hisoblaydi hamda fuqarolarning talablaridan kelib chiqqan holda mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligiga deputatlik so`rovini yuboradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar