1

Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig`i pora berayotganda qo`lga tushgani aytilmoqda

Jamiyat 19.04.2024, 18:57
Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig`i pora berayotganda qo`lga tushgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig`i firibgarlik va pora berishda gumonlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Unga ko`ra, lavozimiga tayinlanganiga bir oy bo`lgan Merey Omonboevaga jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

2020 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan Omonboeva davlat rahbarining Navoiy viloyatiga tashrifi chog`ida “Sizdan “dux” oldik”, degani bilan jamoatchilik e`tiborga tushgandi.

Savdo-sanoat palatasi holatga izoh berdi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28-moddasiga asosan, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo`li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga ko`ra, xodimni ishdan chetlashtirish qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko`ra amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar O`zbekiston Savdo-sanoat palatasiga huquqni muhofaza qilish organlaridan M.Omonboevani ishdan chetlashtirish bo`yicha talabnoma kelib tushmagan va M.Omonboeva Palataning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig`i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan o`rganish natijalari bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1