AsosiyJinoyat

Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Buxoroda qadimiy tangalarni chet elga olib chiqib ketmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining "Buxoro aeroporti" chegara bojxona posti orqali qadimiy numizmatika buyumlarini olib chiqib ketishga bo`lgan urinish bartaraf etildi. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda "Buxoro-Vnukovo" yo`nalishidagi aviareys orqali xorijiy davlatga uchib ketayotgan ikki nafar fuqaro o`zi bilan O`zbekiston hududidan olib chiqib ketish ta`qiqlangan madaniy meros ashyolarini olib chiqishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to`xtatib qolindi. Ikki holatda jami 4 dona qadimiy tangalar borligi aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan tangalarning qadimiylik darajasini aniqlash maqsadida Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan badiiy ekspertiza o`tkazildi.

Unga ko`ra, mazkur tangalar 1751 yilda Rossiya imperiyasining I imperatori Pyotr I hukmronligi davrida Ekaterinburg zarbxonasida zarb etilganligi tasdiqlandi.

Hozirda ushbu qadimiy numizmatika ashyolari doimiy saqlash uchun Buxoro davlat muzey-qo`riqxonasiga taqdim etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar