AsosiyJamiyat

Samarqanddagi “BestTravel” sayyohlik kompaniyasi Dubaydagi vatandoshlarimizga beg`araz yordam ko`rsatmoqda (Foto)

'Samarqanddagi “BestTravel” sayyohlik kompaniyasi Dubaydagi vatandoshlarimizga beg`araz yordam ko`rsatmoqda (Foto)'ning rasmi

Samarqanddagi "BestTravel" sayyohlik kompaniyasi jamoasi hamda volontyorlar bilan hamkorlikda hozirgi paytda yuzaga kelgan vaziyat tufayli Dubaydan o`z vataniga qaytib kela olmagan O`zbekiston fuqarolariga 10 kun davomida beg`araz yordam ko`rsatmoqda.

Ushbu fuqarolar koronavirus infeksiyasidan himoyalanish vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, zarur holatlarda moliyaviy yordam bilan ham ta`minlanmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi “BestTravel” turistik tashkiloti jamoasiga, shuningdek, ushbu aksiyada ishtirok etayotgan volontyorlarga shunday vaziyatda yurtdoshlarimizga ko`rsatayotgan yordami uchun samimiy minnatdorchiligini bildiradi.

Boshqa yangiliklar