1

Turkiyadagi vatandoshlarimiz karantinda foydali ish bilan shug`ullanmoqda

Hi-tech 16.04.2020, 19:41
Teglar: Turkiya, vebinar
Turkiyadagi vatandoshlarimiz karantinda foydali ish bilan shug`ullanmoqda

Karantin kunlari davom etishi ko`plab masofaviy darslarni rivojlantirish uchun turtki bo`lmoqda. Bu esa, ta`limning onlayn shaklga o`tish jarayonlarini ancha tezlashtirib qo`ydi. Xo`sh biz bu bosqichga tayyormizmi?

O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Turkiya vakilligi masofadan turib o`z fikrlarini bayon qilish malakasini shakllantirish hamda butun dunyodagi o`zbek vatandoshlarimiz bilan o`zaro bilim va tajriba almashishga qulay muhit yaratish maqsadida onlayn vebinarlarga start berdi.

Onlayn vebinarlar butun dunyodagi o`zbek vatandoshlarimiz tomonidan o`tiladigan tajriba almashish vebinar kurslari bo`lib, unda turli jabhalarda bilim olayotgan yurtdoshlarimiz o`z fikrlari bilan o`rtoqlashadilar.

Bu o`z navbatida yangi bilimlarni egallash, xorijdagi tengdoshlarmiz bilan tanishish va bizni qiziqtirgan mavzularda muloqot qilish, butun dunyodagi o`zbek vatandoshlarimizning ilmiy tadqiqotlaridan xabardor bo`lish orqali karantin davrini birdamlik, tafakkur va hamjihatlik bilan engishga yordam beradi. Bundan tashqari vaqtni samarali o`tkazish uchun yaratilgan onlayn maydon hisoblanadi. 

Ushbu vebinarlar orqali o`tilayotgan mavzular bizni mushohadaga chorlaydi, hamda ilmiy tadqiqotlarni xalqimizga tushunarli va sodda tilda tushuntiradi:

Sun`iy intellekt odamlar o`rnini egallay oladimi?

Chet elda o`qishning afzalliklari va kamchiliklari nimada?

Modaga amal qilish kerakmi?

Global iqlim o`zgarishi, va uning insonga qanday ta`siri bor?

Hozirgi hayotimizda eng ko`p yordam beradigan ko`nikmalar nimalardan iborat?

Yangi zamonaviy hayot, milliy qadriyatlarni unuttira oladimi?

Globallashuv mamlakatlar o`rtasida chegaralarni yo`q qiladi?

Hozirgi kunda Google kabi qidiruv tizimlarida ma`lumot topish oson, ammo foydalimi?

Texnologiyalar bizni bog`layaptimi yoki izolyasiya qilmoqdami?

Ikkisidan qay biri muhimroq iqtidorga ega bo`lishmi yoki qattiq mehnat qilish?

Qanday qilib o`zga tilni bilmasak ham o`zimizni ifoda eta olamiz?

Vebinar orqali shu kabi ko`plab savollarga javob topishingiz yoki ushbu ro`yxatni o`z fikrlaringiz bilan to`ldirishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1