1

Turkiyada 53 yoshli o`zbekistonlik zinadan yiqilib vafot etdi

Dunyo 25.04.2024, 09:00
Turkiyada 53 yoshli o`zbekistonlik zinadan yiqilib vafot etdi

Turkiyada 53 yoshli o`zbekistonlik zinadan yiqilib vafot etdi.  Bu haqda O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi

Sultonbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ishlayotgan 1971 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan Rustamov Qahramon Azamovich ish joyida zinadan yiqilib, xushini yo`qotgan va voqea joyida vafot etgan. 

Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi morgda saqlanmoqda.

Uning O`zbekistondagi yaqin qarindoshlari yoki tanishlaridan zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlari so`ralmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1