1

Dollar sotib olishda cheklov bormi? Nima uchun odamlar bankda dollarga navbatga turishibdi?

Iqtisodiyot 17.04.2020, 15:00
Dollar sotib olishda cheklov bormi? Nima uchun odamlar bankda dollarga navbatga turishibdi?

Aytishlaricha, odamlar bankka kelib dollar uchun navbatda turishmoqda. Aftidan, qo`lida jamg`armasi borlar so`mning qadrsizlanishi, dollar kursi oshib ketishidan xavotirda. Ular orasida valyuta oldi-sotdisida cheklovlar bo`lishidan hadiksirayotganlar ham bor.

Bugungi kunda jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklaridan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish bo`yicha hech qanday cheklovlar yoki to`siqlar o`rnatilmagan. Shuningdek, kelgusida ham jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish bo`yicha hech qanday cheklovlar o`rnatilmaydi.

Milliy valyuta kursi valyuta bozorida shakllanadigan talab va taklifning joriy darajasi asosida o`zgaradi. Kursning qadri oshishi yoki pasayishi iqtisodiyotda va tashqi sharoitlarda ro`y beradigan fundamental omillar bilan bog`liq bo`ladi.

Bugungi kunda milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo`yicha banklar tomonidan taklif etilayotgan foiz stavkalari o`rtacha 20-21 foiz atrofida shakllangan. AQSh dollari kursining yil boshidan 5-6 foizga oshganligini inobatga olib hisoblaganda ham milliy valyutadagi depozitlarning iqtisodiy jihatdan afzalligini ko`rish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, inflyasiyaning kelgusida pasayib borishi sharoitida milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligi va ular bo`yicha ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1