AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonning Turkiston shahriga yetib bordi.

'Shavkat Mirziyoyev Turkiston shahriga yetib bordi'ning rasmi

“Hazrat Sulton” xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qozogʻiston davlat maslahatchisi Erlan Karin, Turkiston viloyati hokimi Nuralxon Kusherov hamda boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Shuningdek, sammitda qatnashuvchi delegatsiyalar rahbarlarining Turkiston shahridagi tarixiy yodgorliklar va madaniy obyektlar bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar