1

O`zbekiston "Chegara bilmas reportyorlar" matbuot erkinligi reytingida birdan 16 pog`ona ildamladi

Hi-tech 21.04.2020, 19:12
O`zbekiston "Chegara bilmas reportyorlar" matbuot erkinligi reytingida birdan 16 pog`ona ildamladi

O`zbekiston "Chegara bilmas reportyorlar" Xalqaro inson huquqlari tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 160-o`rindan 156-o`ringa ko`tarildi. Bu haqda Dilshod Saidjonov o`z kanalida ma`lum qildi.

Tashkilotning 2019 yil uchun matbuot erkinligi reytingini e`lon qilishga bag`ishlangan 21 apreldagi bayonotida ta`kidlanishicha, O`zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligi sohasida iliq o`zgarishlar ketmoqda, biroq shunga qaramay hali ko`p ishlarni amalga oshirish lozim.

Reytinga ko`ra, postsovet davlatlari quyidagi tartibda o`rin olgan: Estoniya — 14 o`rin, Latviya — 22, Litva — 28, Gruziya — 60, Armaniston — 61, Qirg`iziston — 82, Moldova — 91, Ukraina — 96, Rossiya — 149, Belarus — 153, Qozog`iston — 157, Tojikiston — 161, Ozarbayjon — 168 va Turkmaniston — 179 o`rinda.

Ta`kidlash joizki, O`zbekistonda "Chegara bilmas muxbirlar" tahlilida ko`rsatilganidan ham ko`proq ishlar amalga oshirilgan, shuningdek, 2020 yilda yanada ko`proq ishlarni bajarish rejalashtirilmoqda. Mazkur xalqaro tashkilot, imkon paydo bo`lgach, O`zbekistonga tashrif buyurib, shuningdek, AOKAdan ham o`zini qiziqtirgan savollariga javob olsa, bunga ishonch hosil qilishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1