1

O`zbekistonning oltin eksporti bo`yicha ma`lumot berildi

Iqtisodiyot 22.04.2020, 14:30
O`zbekistonning oltin eksporti bo`yicha ma`lumot berildi

O`zbekistonning eksport tarkibida oltin ulushi 29,8 foizga teng bo`ldi. 2020 yil yanvar-mart oylarida O`zbekiston 1,005 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari darak bermoqda.

 

Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yil yanvar-mart oylariga nisbatan o`sish 1,7 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-mart oylarida O`zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 29,8 foizga teng bo`ldi.

Ta`kidlab o`tish joizki, so`nggi yillarda O`zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1