1

Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasining daromad va xarajatlari ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 23.04.2020, 18:14
Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasining daromad va xarajatlari ma`lum qilindi

Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasining hisobiga 3,5 trln so`m kelib tushgan bo`lsa, jamg`arma xarajatlari esa 1,130 trln so`mga teng bo`ldi. Mablag`larning katta qismi energetika sohasi barqarorligini ta`minlashga yo`naltirilgan.

Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasining xarajatlari Moliya vazirligi tomonidan ma`lum qilindi. Bu haqda Gazet.uz xabar berdi.

Hozirgi paytga qadar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`arma hisobiga jami 3,5 trln so`m kelib tushgan. Ulardan 1,884 trln so`m sarflangan. Oldingi jamg`arma hisobiga kirim qariyb ikki baravarga ko`paygan 1,596 trln so`mdan dan 3,5 trln so`mgacha. Xarajatlar esa 756 mlrd so`mdan 1,130 trln so`mgacha o`sgan.

Energetika sohasi

Eng ko`p mablag` energetika sohasi barqarorligini ta`minlash uchun sarflangan — jami 901 mlrd so`m. Ushbu mablag`ning 500 mlrd so`mi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ korxonalariga va qolgan 401 mlrd so`m esa O`zbekneftgaz AJga subsidiya sifatida berilgan.


 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi

Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligigiga 425 mlrd so`m o`tkazilgan. Ushbu summadan 270 mlrd so`m test tizimlari, reaktivlar va himoya vositalarini sotib olish uchun sarflangan. Hududiy markazlarga 131 mlrd so`m yo`naltirilgan: 72 mlrd so`m fuqarolarni karantinda saqlayotgan muassasalar xodimlarining ish haqi, oziq-ovqat, gigiena tovarlari va boshqa harajatlarga; 18 mlrd so`m jamoat joylarini dezinfeksiya qilish ishlariga, 8 mlrd so`m epidemiologik holat bilan kurashish bo`yicha tadbirlarga sarflangan.

Bundan tashqari karantin tadbirlari va koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlariga qo`shimcha rag`batlantirish uchun to`lovlarga 10 mlrd so`m sarflangan. Yana ko`shimcha 3 mlrd so`mga teng mablag` karantinga olingan fuqarolarni dori-darmonlar bilan ta`minlashga safarbar etilgan.


 

Shifoxonalarni qurish va jihozlash

Jami 411 mlrd so`m shifoxonalar va karantin majmualarini qurish va jihozlash uchun sarflangan. Ushbu mablag`ning 286 mlrd so`mi 10 ming o`rinli maxsus shifoxonalar qurish uchun, 111 mlrd so`m 20 ming o`rinli aholini vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasini qurish uchun, 10 mlrd so`m diagnostika laboratoriyasi majmuasining rekonstruksiyasiga, 4 mlrd so`m tibbiy jihoz va inventarlar, dori-darmon, dezinfeksiya ishlari va tibbiy buyumlar uchun sarflangan.


 

Ijtimoiy soha

Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasidan ijtimoiy sohaga jami 147 mlrd so`m yo`naltirilgan. Bunda, 60 mlrd so`m kam ta`minlangan oilalarda yashovchi xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash uchun Kasaba uyushmalari Federasiyasiga; 50 mlrd so`m band bo`lmagan fuqarolarni vaqtinchalik ishlarga jalb qilish uchun Jamoat ishlari jamg`armasiga; 26 mlrd so`m ijtimoiy nafaqalarga, 11 mlrd so`m «Toshkent metrooliteni» va «Toshshahartransxizmat» xodimlariga ish haqi to`lash uchun ajratilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1