1

“Elektron hukumat” uchun mobil aloqa kompaniyalari ham mablag` ajratadi

Hi-tech 29.04.2020, 00:27
“Elektron hukumat” uchun mobil aloqa kompaniyalari ham mablag` ajratadi

28 aprel kuni “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori imzolandi.  

Hujjatga muvofiq, 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushi 60 foizgacha etkaziladi. 

2023 yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmi 3 baravarga oshirilib, ularning eksporti 100 million dollarga etkaziladi.  

“Besh tashabbus” loyihasi doirasida 2022 yilgacha respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o`qitish markazlari ochiladi.  

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

“UZINFOCOM” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushi vazirlikka beg`araz o`tkazib beriladi. 

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg`armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo`yicha maxsus hisob raqam ochiladi.  Unga mobil aloqa xizmatlarini ko`rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to`lanadigan to`lov summasining taqsimlanguniga qadar bo`lgan 35 foizi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko`rsatganlik uchun to`langan davlat bojlari, yig`imlar va barcha turdagi to`lovlarning 11,25 foizi, shuningdek, Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini ko`rsatganlik uchun to`langan davlat bojlari va boshqa to`lovlardan tushadigan mablag`larning 0,5 foizi o`tkazib beriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1