AsosiyJamiyat
7186

FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi

'FVV ogohlantiradi: Toshkentda kuchli shamol boshlandi'ning rasmi

Bugun 12-may kunining ikki yarmida Poytaxtimiz bo`ylab kuchli shamol va yog`ingarchilik bo`lishi ma`lum qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi shu munosabati bilan Toshkent shahri aholisini ogoh bo`lishga chaqirdi.

Vazirlikning xabarida ayniqsa avtomobil egalaridan avtomashinalarini xavfsiz joylarda qoldirishi so`ralmoqda. Negaki shamolda qulagan daraxt shoxi yoki boshqa jismlar avtomobillarga jiddiy ziyon etkazishi mumkin. 

Shuningdek kuchli shamol vaqtida singan daraxtlar odamlar ustiga qulishi mumkinligini hisobga olib, FVV yosh bolalar va keksa insonlarning ko`chaga chiqishidan ehtiyot bo`lish haqida ogohlantirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar