Tokaev: Qozog`iston Ittifoq tarkibiga kirishni rejalashtirmayapti

Dunyo 05.06.2020, 19:37
Tokaev: Qozog`iston Ittifoq tarkibiga kirishni rejalashtirmayapti

Rossiya Qozog`iston uchun eng muhim strategik va iqtisodiy sheriklardan biri bo`lib, ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlar Evroosiyo iqtisodiy hamjamiyati doirasida katta ahamiyatga ega. Ammo, bu Qozog`iston kelajakda Rossiya va Belorusiya Ittifoqiga qo`shilishni rejalashtirayotganini anglatmaydi. Bu haqda Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev «Komsomolskaya pravda» nashriga bergan intervyusida  ma`lum qilgan, deb yozmoqda Tarjumon.uz.

“Mamlakatimiz fuqarolari uchun Rossiya eng yaqin hamkorlardan bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi. Xalqlarimiz o`rtasidagi o`zaro ishonch va o`zaro anglashuv asrlar davomida rivojlanib kelmoqda, qiyin sinovlar davrida biz doim birga bo`lganmiz, – dedi Qozog`iston rahbari. «Ko`plab ruslar va qozog`istonliklarni qarindoshlik, do`stlik va kasbiy rishtalar bog`lab turadi. Sosiologik so`rovlar natijasi ham mamlakatimiz fuqarolarining Rossiyaga nisbatan iliq munosabatda ekanidan dalolat beradi. Rossiyani bizning jamoatchilik muhim strategik sherik va ittifoqchi sifatida qabul qiladi.

Qozog`iston Rossiya va Belorusiya bilan ham ikkitomonlama, ham integrasion birlashmalar doirasida faol hamkorlik qilmoqda.

Bizda Rossiya va Belorusiya Ittifoqiga a`zo bo`lish rejasi yo`q. Yuqorida aytib o`tilgan tashkilotlar doirasida integrasiyani yanada rivojlantirish ustuvor yo`nalish hisoblanadi. Biz Ittifoqqa kirishni rejalashtirmayapmiz», deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1