1

Xitoy AQShni "dushman emas, hamkor" bo`lishga chaqirdi

Dunyo 26.04.2024, 22:05
Xitoy AQShni "dushman emas, hamkor" bo`lishga chaqirdi

XXR tashqi ishlar vaziri Van I juma kuni Pekinda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

"Xitoyning talablari izchil, u doimo asosiy manfaatlarni o`zaro hurmat qilish tarafdori. AQSh Xitoyning ichki ishlariga aralashmasligi, Xitoyning rivojlanishini tiymasligi darkor, ular shuningdek Pekinning XXR suvereniteti, xavfsizligi va taraqqiyoti manfaatlariga oid „qizil chiziqlar“ni kesib o`tmasligi lozim", — deya ta`kidladi Van I ushrauvda.

O`z navbatida, Blinken o`z so`zlarida ancha ehtiyotkorlik qilgan. Uning so`zlariga ko`ra, Pekin va Vashington “faol diplomatiya” orqali ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun mas`ul.

Juma kuni Entoni Blinken XXR raisi Si Jinpin bilan ham uchrashdi. XXR rahbari Xitoy va AQSh "raqiblar emas, hamkorlar" bo`lishi lozimligini ta`kidlab, o`zaro hurmat, tinch-totuv yashash va mag`lubiyatsiz hamkorlikni AQSh va Xitoy o`rtasidagi munosabatlarning "uchta ustuni" deb atadi.

Kuzatuvchilar fikricha, qator masalalardagi kelishmovchiliklarga qaramay, mazkur tashrif Pekin va Vashington o`rtasidagi muloqot hamda diplomatiyani faollashtirishning muhim qismidir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1