AsosiyJAMIYAT

Prezident tayinlagan yosh hokim koronavirus shifokorlari uchun yangi tashabbusni boshladi

Mart-aprel oylaridagi karantin davrida Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashovchi...

'Prezident tayinlagan yosh hokim koronavirus shifokorlari uchun yangi tashabbusni boshladi'ning rasmi

Mart-aprel oylaridagi karantin davrida Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashovchi ijtimoiy og`ir ahvoldagi aholiga bolali sigir tarqatish tashabbusi bilan tanish bo`lgan respublikamizdagi eng yosh hokimlardan biri Raxmatulla Gapparovning bu galgi yana bir tashabbusi koronavirus shifokorlarini xursand qilish bo`ldi. Asr qaxramonlariga tenglashtirilayotgan shifokorlarning ayni paytdagi mehnati va shu bilan birga mashaqqati haqiqatdan tahsinga sazovordir. Tuman hokimi Raxmatulla Gapparov tomonidan yuqumli kasaliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishda gumon qilinayotgan, stasionar sharoitdagi bemorlarni davolashda ishtirok etgan bir guruh shifokorlarni rag`batlantirdi.

 “Yonginamizda juda xavli, jilovlashning imkoni bo`lmagan bir ayovsiz dushman o`z kuchini ko`rsatayapti. Shifokor sifatida bemorlar bilan ishlash jarayonida eng muhimi ularning sog`ligi turadi. Ammo tan olib aytishimiz kerak, biz bu dushman bilan kurashda, albatta, o`z hayotimizdan ko`ra, ortimizda turgan farzandlarimiz oilamiz borligini his qilib, qalbimizda qandaydir xavotir, hadik bor bo`lishiga qaramasdan, o`z vazifamizga sadoqat bilan hizmat qilishni burchimiz deb bilamiz. Shifokorlar mehnatiga alohida e`tibor qaratayotgani, bizga yanada kuch bag`ishlaydi”, – deya Qumqo`rg`on tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasaliklar infeksionist shifokori Nomoz Qo`ldoshev o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Boshqa yangiliklar