1

“Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi” ko`krak nishoni o`z sohiblariga topshirildi

Jamiyat 07.12.2020, 18:24
“Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi” ko`krak nishoni o`z sohiblariga topshirildi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli etkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari “Huquqiy targ`ibot ishlari a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

Jumladan:

Xudoyqulova Zilola Rahmatovna – Buxoro viloyat “Istiqlol-TV” teleradiokompaniyasi bosh muharriri;

Norqulova Shahzoda Xudjamovna O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi mutaxassisi;

Ziyatov Axrorjon Xabibullaevich– Farg`ona yoshlar studiyasi koordinatori, “Marg`ilon” telekanali muxbiri;

Tulyaganov Bobir Batirovich – Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati boshlig`i-ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`ining matbuot kotibi;

Narimanov Bekzod Abduvalievich Toshkent davlat yuridik universiteti dekan o`rinbosari;

Fayziev Baxodir Rustamovich – Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi boshlig`i;

Toshev Boboqul Norkobilovich – Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Qonunchilik texnikasi va korrupsiyaga qarshi ekspertiza kafedrasi mudiri;

Alimov Beruniy Sultonovich– O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti dosenti;

Nikita Makarenko – jurnalist, bloger, Uzreport telekanalidagi “Yangi reportaj” dasturi muallifi va boshlovchisi, “Effekt Makarenko” blogi muallifi;

Irina Matvienko – jurnalist, zo`ravonlikka qarshi NeMolchi.uz loyihasi asoschisi;

Kamolova Nargiza Tog`matovna– O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Yoshlar” teleradiokanali “Sport” va “Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi” dasturlari mas`ul muharriri.

Eslatib o`tamiz, mazkur ko`krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni asosida ta`sis etilgan. 

Ko`krak nishoni Konstitusiya kuni arafasida tantanali ravishda o`z egalariga topshiriladi.

Ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1