1

O`zbekistonga «LG CNS» kompaniyasi prezidenti boshchiligida delegasiya tashrif buyurdi

Jamiyat 08.04.2016, 15:41
Teglar: O`zbekiston, LG, Delegasiya
O`zbekistonga «LG CNS» kompaniyasi prezidenti boshchiligida delegasiya tashrif buyurdi

Kuni kecha Janubiy Koreyaning «LG CNS» kompaniyasining yangi saylangan prezidenti Kim Yon Sob boshchiligidagi delegasiya Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurdi.

Koreya Respublikasining «LG CNS» kompaniyasining katta tajribasi va keng imkoniyatlarini hisobga olib, mamlakatimizda «LG CNS Uzbekistan» O`zbekiston-Koreya qo`shma korxonasi tashkil etilgan edi.

Qo`shma korxona faoliyatining asosiy yo`nalishi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, apparatli-dasturiy komplekslarni o`rnatish va joriy etish, shuningdek, «Elektron hukumat» tizimi va iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun loyiha va texnik hujjatlarni shakllantirish bo`lib hisoblanadi.

Uchrashuv mobaynida tomonlar «LG CNS Uzbekistan» qo`shma korxonasi tomonidan ayni paytda amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi rivoji xususida fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Xususan, xalqaro andaza talablariga javob beradigan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonaga malakali mutaxassislarni jalb etish va mahalliy kadrlar salohiyatini oshirib borish, xorijiy bozorga chiqish bilan bog`liq jihatlar yuzasidan fikr almashildi.

«LG CNS» Kompaniyasiga 1987 yilda «LG» korporasiyasi tomonidan asos solingan. Janubiy Koreyaning axborot texnologiyalari xizmatlarini ko`rsatish sohasida eng yirik kompaniyasi bo`lib hisoblanadi. 

Kompaniya butun jahonda 10 dan ortiq mintaqaviy ofislariga ega hamda unda faoliyat yurituvchi xodimlarining soni 10 mingdan ortiq. Kompaniya axborot texnologiyalari, konsalting, tizimli va tarmoq integrasiyasi, biznes-jarayonlari va axborot texnologiyalari autsorsingi sohasida ixtisoslashgan.

Sharhlar

O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1