1

Mirziyoev surishtiruv va tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash bo`yicha topshiriq berdi

Siyosat 03.08.2022, 21:50
Mirziyoev surishtiruv va tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash bo`yicha topshiriq berdi

Bugun, 3 avgust kuni O`zbekiston rahbari surishtiruv va tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo`yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Tegishli idoralar mutasaddilari tergov va dastlabki surishtiruvlarni olib borishdagi muammoli omillar, yangi paydo bo`layotgan tahdid va jinoyat turlarini hisobga olgan holda tergovchi kadrlarning salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi, deya xabar bermoqda Shavkat Mirziyoev matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha, tadbirda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, iqtisodiy jinoyatchilik hamda kibermakonda yoki axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni tergov qilish bo`yicha faoliyatning metodik ta`minotini takomillashtirish muhimligi alohida qayd etildi.

O`zbekiston prezidenti zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv hamda tergov idoralari uchun professional kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi samarali tizimini yaratish bo`yicha topshiriqlar bergani aytiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1