O`zbekiston mini-futbol assosiasiyasi raisi o`rinbosari Usmonov Jahongir Mirabrorovch hamda O`zbekiston futbol federasiyasining muxlislar jamiyati raisi – Abdurahmon Fozilov mustaqillikning 25 yillik bayrami oldidan faxriy unvonlar bilan mukofotlandi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san`at, ma`naviyat va ma`rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonida bu ko`rsatib o`tilgan.
Farmonda: “Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g`oyani rivojlantirish, ma`naviyatimizni tiklash, o`zligimizni anglash yo`lida katta hissa qo`shgan, yorqin iste`dodi va ijodi, ilmiy faoliyati, halol xizmati, yoshlarni ona yurtga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida sog`lom va barkamol etib tarbiyalash hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar va ordenlar bilan taqdirlansin”, deya ta`kidlangan va faxriy mukofotlar bilan taqdirlanganlar ro`yxati keltirilgan.
Ular qatoridan o`rin olgan O`zbekiston mini-futbol assosiasiyasi raisi o`rinbosari Usmonov Jahongir Mirabrorovich “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan bo`lsa, O`zbekiston futbol federasiyasining muxlislar jamiyati raisi – Abdurahmon Fozilov ““O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
23.05.2024, 18:44
Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...