1

JCh–2018 saralashi. Bugun O`zbekiston – Suriya uchrashuvi bo`ladi

Sport 01.09.2016, 10:47
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston, JCh-2018
JCh–2018 saralashi. Bugun O`zbekiston – Suriya uchrashuvi bo`ladi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 1 sentyabr kuni Jahon chempionati–2018 turniriga saralashning uchinchi bosqichini Toshkentda, Suriya terma jamoasiga qarshi o`yin bilan boshlaydi.

“Bunyodkor” stadionida mahalliy vaqt bilan 20:00 da start oladigan O`zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan qiziqarli ma`lumotlar bilan tanishib olishingiz mumkin.

Ikkinchi saralash bosqichidagi natijasi

JCh–2018 turniriga saralashning ikkinchi bosqichi “H” guruhidan o`rin olgan O`zbekiston terma jamoasi 8 uchrashuvdan atigi 1 tasida imkoniyatni boy berib, guruhda 1-o`rin bilan keyingi bosqichga yo`l oldi.

Suriya terma jamoasi “E” guruhida Yaponiyadan keyin 2-o`rin bilan o`z tarixida birinchi bor saralash bosqichining final yo`llanmasiga ega bo`ldi.

O`zaro uchrashuvlar

O`zbekiston milliy terma jamoasi Suriya bilan atigi bir marta – 1996 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida uchrashgan. O`shanda suriyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgandi.

FIFA reytingidagi o`rni

O`zbekiston milliy terma jamoasi ayni damda FIFA reytingida 55-pog`onadan joy egallab turibdi. Osiyo mamlakatlari orasida milliy terma jamoa Eron, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin to`rtinchi o`rinda joylashgan.

Suriya terma jamoasi FIFA reytingida 105-o`rindan joy olgan. Osiyo mamlakatlari orasida Suriya Qirg`iziston, Iroq, Ummon, Tojikiston, Bahrayn kabi mamlakatlarni ortda qoldirgan.

So`nggi uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar

O`zbekiston milliy terma jamoasi so`nggi uch o`rtoqlik o`yinida 2 ta g`alabaga erishib, 1 ta mag`lubiyat qabul qilib oldi.

Kanada – O`zbekiston 2:1
O`zbekiston – Iroq 2:1
O`zbekiston – Burkina Faso 1:0

Suriya terma jamoasi so`nggi uchta o`rtoqlik o`yinida ikkita durang qayd etib, bitta g`alabaga erishgan.

Tailand – Suriya 2:2 (7:6 – penaltilar seriyasi)
BAA – Suriya 0:1
Tojikiston – Suriya 0:0

Uchrashuv rasmiylari

O`zbekiston – Suriya o`yiniga bosh hakam sifatida FIFA referisi Sato Ryuji tayinlandi. Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara hamda Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi Xiroyuki Kimuraga yuklatildi. Hakamlar nazoratchisi etib baxraynlik Abdulrahmon Aldelavar tayinlangan bo`lsa, komissar sifatida malayziyalik Ni Sen Toh ishlaydi.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1