1

O`zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga uchib ketdi

Sport 04.09.2016, 11:45
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston, JCh-2018
O`zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga uchib ketdi

Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi tur o`yinini o`tkazish uchun Qatarga jo`nab ketdi, deb xabar bemoqda O`FF matbuot xizmati. 

Milliy terma jamoa charter reys bilan Dohaga yo`l oldi. Jamoa a`zolaridan – Aziz Haydarov sonining orqa qismidan olgan jarohati sababli 6 sentyabr kuni Qatarga qarshi bo`lib o`tadigan o`yinga bormaydigan bo`ldi.

Terma jamoaning 23 nafar futbolchisi “Al Saad” stadionida bo`lib o`tadigan o`yinga yo`l oldi. O`zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o`yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog`iston).

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1