1

⚡️ Nukusdagi portlash vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi

Jamiyat 30.01.2023, 11:31
Teglar: Portlash, Nukus
⚡️ Nukusdagi portlash vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi

Xabar berganimizdek, kecha 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to`rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo`lgan

Hodisa sodir bo`lgan vaqtda ikki nafar odam shifoxonaga olib ketilgan edi. 30 yanvar kuni soat 02:30 larda FVV qutqaruvchilari tomonidan turli darajadagi jarohatlar bilan vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan. Shuningdek, oradan 30 daqiqa o`tib bino konstruksiyalari orasidan bir nafar fuqaroning jasadi topilgan edi. Ayni  paytda FVV matbuot xizmatining xabar qilishicha, bugun erta tongga kelib, vayronalar ostidan yana 4 nafar fuqaroning jasadi topilib, jami halok bo`lganlar 5 nafarga etdi.

Voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

IIV sobiq xodimi, Nukus voqealari bo`yicha qamalgan Po`lat Shamshetovning kutilmagan vafoti bo`yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

06.02.2023, 10:42

Sal avval Qoraqalpog`iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`limining sobiq boshlig`i Po`lat Shamshetov Nukus voqealari bo`yicha hukm chiqarilgandan ko`p o`tmay vafot etgani haqida xabar qilingan edi....
⚡️Nukusda ikki bola tezpishar lapshadan emas, kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlangan. Ulardan biri vafot etdi — Sanepidemxizmat

30.01.2023, 12:29

Sal avval  Nukus shahrida ikki nafar bola do`konlarda sotiladigan tezpishar lapshadan zaharlangani xabar qilingan edi. Holat bo`yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o`rganish natijalarini e`lon...
Nukus voqeаlari bo`yicha sudda ayblanuvchilardan yana biri xalq tinchligi buzilishiga Tajimuratov va Kallixanovani aybladi

01.12.2022, 09:00

Avval xabar qilganimizdek, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini...
Nukusdagi namoyishlarda 516 kishi qo`lga olingan edi. Nega 22 nafar aybdor sud qilinmoqda?

29.11.2022, 19:50

Avval xabar qilganimizdek, Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda. Sal...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1