9-21 iyun kunlari O`zbekistonda birinchi marta milliy terma jamoalar ishtirokida CAFA musobaqasi o`tkaziladi.
Mazkur musobaqada CAFA a`zolari O`zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg`iz Respublikasi, Turkmaniston va Afg`oniston terma jamoalari ishtirok etishadi.
Rossiya terma jamoasi esa mehmon sifatida taklif etilgan. So`nggi mehmon jamoa nomi tez orada ma`lum bo`ladi.
8ta jamoa ikkita guruhda bo`linadi va guruhlarda birinchi o`rinni olgan ikki jamoa finalda to`qnash keladi. Guruhda ikkinchi bo`lganlar esa musobaqaning uchinchi o`rini uchun bahsda maydonga tushishadi.
Ma`lumot uchun, 12-20 iyun FIFA kunlari hisoblanadi.