Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot etdi.
Ma`lum qilinishicha, bo`lgan voqea xavfsizlik kamerasiga yozib olingan. Voqea hashamatli uyning kiraverishida sodir bo`lgan. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston fuqarosi S.R. o`zining sevgilisi O`zbekiston fuqarosi D.R.ni rashk sababli kaltaklay boshlagan. Shundan so`ng erkak cho`ntagidan olib chiqqan pichoq bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Fuqarolar ayolni erkakning qo`lidan qutqarib qolgan.
Voqea joyiga qisqa vaqt ichida etib kelgan tibbiy guruhlar, voqea joyida qilingan birinchi yordamdan so`ng D.Rni kasalxonaga olib borishgan, ammo barcha choralarga qaramay ayolni qutqarib qolishning iloji bo`lmagan. Hujum qilgan shaxs polisiya tomonidan hibsga olingan.
17.11.2023, 09:49
3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...16.11.2023, 12:40
Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...10.11.2023, 12:45
Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...04.11.2023, 12:37
Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...