1

O`zbekistonda yana zilzila qayd etildi

Jamiyat 23.03.2023, 08:25
O`zbekistonda yana zilzila qayd etildi

O`zbekistonda yana erosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 23 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:53 da Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi.

Zilzila koordinatalari: 39,37 gradus shimoliy kenglik; 69,79 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 216 km janubi-sharqda.

O`zbekiston hududida sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 152 km;
Jizzax viloyatida 2 ball, 188 km;
Farg`ona viloyatida 2 ball, 204 km;
Toshkent shahrida 2 ball, 216 km;
Namangan viloyatida 2 ball, 242 km.

23 martga o`tar kechasi O`zbekistonning qator hududlarida er silkinishi kuzatilgandi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir bo`ldi. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 217 km janubi-sharqda.

Toshkent vaqti bilan soat 01:36 da Tojikistonda 3,9 balli ikkinchi zilzila (aftershok) sodir bo`ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 215 km janubi-sharqda.

21 mart kuni, Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg`onistonda ro`y bergan 6,6 balli zilzila O`zbekistonning barcha hududlarida sezilgan, Toshkent shahrida er silkinishi kuchi 5 ballni, Surxondaryo viloyatida 6 ballni tashkil etgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1