1

O`zbekistonlik Maradona “Buxoro”ga qarshi shiddatli bahsda g`alaba qozonish oson bo`lmaganini aytdi

Sport 18.11.2016, 09:16
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston
O`zbekistonlik Maradona “Buxoro”ga qarshi shiddatli bahsda g`alaba qozonish oson bo`lmaganini aytdi

Oliy Liganing 29-turida “Mash`al” jamoasi o`z uyida “Buxoro”ni 2:0 hisobida mag`lub etdi. O`yindan so`ng muborakliklar vakili Maradona Safarov o`yin haqidagi fikrlarini bildirib o`tdi.

– Bugun juda chiroyli g`alabani qo`lga kiritdik, ammo shunday shiddatli va murosasiz bahsda g`alaba qozonish oson bo`lmadi. Bugungi g`alaba so`zsiz muboraklik muxlislarimizniki. Ular bizni barcha bahslarda qo`llab-quvvatlab turishdi, shunday ekan bu g`alabamiz egasi ulardir.

Istardimki jamoamiz va muxlislarimiz yuzidagi bugungidek quvonch hech qachon tark etmasin. Qo`limni ko`ksimga qo`yib muboraklik muxlislarimizga ta`zim qilib qolaman, dedi - “Mash`al” jamoasi hujumchisi Maradona Safarov.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1