1

Qamalishdan qo`rqqan ota aliment pulini to`lashga majbur bo`ldi

Dunyo 17.04.2024, 10:58
Qamalishdan qo`rqqan ota aliment pulini to`lashga majbur bo`ldi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining buyrug`iga asosan qarzdor fuqaro M.Xamidovdan undiruvchi R.Xamidova foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment undirilishi belgilangan.

Ijro hujjati bo`yicha qarzdor M.Xamidov shu kunga qadar aliment pullarini kam miqdorda to`lab kelganligi oqibatida qarzdorlik 34 mln so`mga etgan.

Majburiy ijro byurosi Qo`qon shahar bo`limi davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan mablag`i yo`qligini bahona qilib kelgan.

Shundan so`ng, davlat ijrochisi qarzdor M.Xamidovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka doir ish hujjatlarini to`plab, sudga taqdim qilgan.

Sud zalida ma`muriy qamoq jazosi haqida etarlicha tushunchalarga endigina ega bo`lgan qarzdor 34 mln so`m naqd pulni juda tez va osongina topa qoldi ham. Shu yo`sinda voyaga etmagan farzandning bir necha oylar davomida davomida to`lanmasdan kelinayotgan aliment pullari to`liq undirib berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1