1

Olimpiada chempioni Hasanboy Do`smatov “Yilning eng yaxshi bokschisi” deya e`tirof etildi (foto)

Sport 21.12.2016, 10:24
Teglar: Futbol, Sport, O`zbekiston, Rio–2016
Olimpiada chempioni Hasanboy Do`smatov “Yilning eng yaxshi bokschisi” deya e`tirof etildi (foto)

XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarida oltin medalni qo`lga kiritgan iste`dodli bokschimiz Hasanboy Do`smatov Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) tomonidan "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini bilan taqdirlandi. Bu haqda "Sports.uz" xabar bermoqda

Yaqinda, Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi tomonidan yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o`tkazilgan so`rovnomada Hasanboy Do`smatov eng ko`p ovoz to`plabdi va kubalik Robeysi Ramires hamda qozog`istonlik Doniyor Eleusinovni katta farq bilan ortda qoldirdi.

Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi Ijroiya qo`mitasi yig`ilishi va AIBAning 70 yilligi munosabati bilan bo`lib o`tgan tantanali marosimda Hasanboy Do`smatovga 2016 yil yakunlariga ko`ra, "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirildi.

Ha, 2016 yilgi sport mavsumi Hasanboy uchun juda omadli keldi. U Braziliyaning Rio de-Janeyro shahrida o`tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o`yinlarining boks bo`yicha vazni 49 kilogrammgacha bo`lgan charm qo`lqop ustalari o`rtasidagi bellashuvlarda oltin medalni qo`lga kiritdi va o`zbek bokschilari orasida birinchi bo`lib, “Rio – 2016” olimpiadasining eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

Hasanboyning bunday ulkan natijalarni qo`lga kiritayotgani mamlakatimizda yoshlar o`rtasida Olimpiya sport turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e`tibor samarasidir.

AIBA ijroiya qo`mitasi a`zosi, Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti, O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Sherzod Tashmatov AIBA WSB yo`nalishi bo`yicha yilning eng yaxshi jamoa mukofotini " Cuba Domadores" ga topshirdi. Eslatib o`tamiz WSB yo`nalishining VI mavsumi finali  Toshkentda 2016 yil 4 iyun kuni bo`lib o`tgan. Unda "Cuba Domadores" jamoasi "British lionhearts" jamoasi ustidan g`alaba qozonib chempion bo`lgan edi.

Eslatib o`tamiz! Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida o`tkazilgan Osiyo boks konfederasiyasi Ijroiya qo`mitasining yig`ilishida O`zbekiston boks federasiyasi raisining birinchi o`rinbosari Sherzod Toshmatov Osiyo boks konfederasiyasi vise-prezidenti etib saylandi va Ijroiya qo`mitasi a`zoligiga ham qabul qilingan edi.

Sharhlar

O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinadi

23.05.2024, 18:44

Prezident boshchiligida o`tkazilayotgan yig`ilishda 2025 yilda poytaxtda yangi ishga tushiriladigan Olimpiya shaharchasida O`zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko`zda tutilganligi ma`lum qilindi. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy...
O`zbekistonda yil oxirigacha 250-300 ming kishi mehnat migrasiyasidan qaytishi prognoz qilinyapti

10.05.2024, 15:14

Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi

06.05.2024, 13:48

O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1