1

2016 yilda farzandli bo`lgan mashhurlar

Shou-biznes 03.01.2017, 10:32
Teglar: Farzand, Shou-biznes
2016 yilda farzandli bo`lgan mashhurlar

O`tib borayotgan yil ko`pchilikning hayotida o`ziga xos iz qoldirdi. Kimningdir ish borasida omadi kelgan bo`lsa, kimdir o`z baxtini uchratib taqdirini bog`ladi. Oilasiga kelgan yangi mehmon bilan baxtini to`kis qilganlar ham bor. Yil sarhisobini qilar ekanmiz, baxtlilarni yana bir bor tilga olishga qaror qildik. 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Lola Ahmedova ham 2016 yil 5 fevral kuni ikkinchi marta o`g`il farzandli bo`ldi. Xonanda o`g`liga Muhammadali deya ism qo`ygan. 

 

Rejissyor Burhon Sharopovning “Sevgi – bu hayot” filmi bilan mashhur bo`lgan aktyor Sanjar Usmonov 2016 yilning 8 aprel kuni bir yo`la uch karra ota bo`lish baxtiga muyassar bo`ldi. 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon 2016 yilda ikkinchi marotaba onalik baxtini tuydi. U 28 aprelda tug`ilgan qiziga Imon Anvar deya ism berdi. 

Aktrisa Rayhon Ulasenova esa 2016 yilning 25 iyunida uchinchi farzandi Maryamni dunyoga keltirdi. 

O`zbek kinosining iste`doli ijodkorlaridan biri, aktyor Akbarxo`ja Rasulov 14 iyul kuni ilk bor ota bo`ldi. U qiziga Humayraxon deb ism qo`ydi. 

O`zbek futboli yulduzi, ikki o`g`ilning mehribon otasi Odil Ahmedov ham 15 iyul kuni qiz farzandli bo`ldi. U oilasining  malikasiga Shirin deya ism berdi. 

Yana bir aktyorlar oilasi Sharof Sharopov va Gulchehra Eshonqulovalar 17 iyul kuni dunyoga kelgan o`g`liga Amirjon deya ism qo`yishdi. 

Xonanda Ruhshona 20 avgust  kuni ikkinchi bor ona bo`ldi. Xonanda va uning turmush o`rtog`i Sanjar Matkarimov o`g`liga Shukurbek deya ism qo`yishdi. 

Oybek va Nigora 2016 yilning 27 avgust kuni  ilk bora ota-ona bo`lish baxtiga muyassar bo`lishdi.  Ular o`g`liga Imron deb ism qo`yishdi.

Xonanda Sardor Mamadaliev 9 sentyabr sanasida ilk bor ota bo`ldi. U o`g`liga Temurbek deb ism qo`ydi.

Xonanda Umar Shamsiev 2016 yilda uchinchi bor otalik baxtiga sazovor bo`ldi. 5 oktyabr tug`ilgan qiziga Sojida  deb ism qo`ydi.  

26 noyabr “Via Sharq” guruhi a`zolari Tatyana Zayseva hamda Sarvar Akbarov uchun bir umr yodda qolarli kunga aylandi.  Xonandalar shu sanada dunyoga kelgan o`g`liga Alixan deya ism qo`yishdi. 

2016 yilning so`nggi kunlarida Shohrux repper ham qizli bo`ldi. U 16 dekabr kuni ikkinchi bor ota bo`ldi va qiziga Leyla deya ism qo`ydi. 

Aliya SULAYMANOVA

Sharhlar

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

13.12.2019, 19:35

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
​DILNOZA KUBAEVA: «DILOZORLIKDAN QO`RQAMAN, QALBIMNI SINDIRGANLAR KO`P...»

20.07.2017, 16:31

U irodali ayol. Tabassumi ortiga yashirilgan haqiqatlarni o`zgalarga bildirmaydi. Gohida ko`zlari yoshlanib, kipriklariga engil titroq kirishi mumkin, ammo shunda ham o`zida kuch topib, yana tabassum...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1