AQShning Massachusets shtatidagi Marblxed shahrida yashovchi 19 yoshli Emma Vili polisiyachi ayol Jessika Rondinellining qulog`ini tishlab, uzib olgani uchun to`rt yilga qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Polisiyachilar shirakayf qizni mahalliy tunggi klublardan birga qo`lga olishdi. Ammo Emma polisiya mahkamasiga borishni istamadi va polisiyachi ayol, ish boshlaganiga endigina bir oy bo`lgan Jessika Rondinellining qulog`ini tishlab, uzib oldi. Shifokorlar uzilgan quloqni qayta joyiga tikishning ilojini topisholmadi.
Voqea 2016 yilning avgust oyida ro`y berganiga qaramay, sud mazkur ish bo`yicha endi hukm chiqardi.
Emma Vili polisiyachiga hujum qilganlikda va qarshilik ko`rsatganlikda ayblanib, 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Qizning advokati uning ruhiy kasallikka chalinganini, qilgan ishidan pushaymonligini ma`lum qildi.
02.05.2024, 15:35
AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...29.04.2024, 18:03
AQShning Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Maers Feyrfild shahridagi bankni o`marishda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Tintuv chog`ida mashinadan o`g`irlik paytida qo`llangani aytilayotgan to`pponcha, shuningdek, ayolga tegishli...19.04.2024, 17:02
Qo`shma Shtatlar Falastinni BMTga to`laqonli a`zo sifatida qabul qilish rezolyusiyasini blokladi. Davlatlar tashkilot Xavfsizlik kengashi yig`ilishida veto huquqidan foydalandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.Hujjatni Xavfsizlik...27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...