1

​Barak Obamaning qizi kinokompaniyaga ishga kirdi

Dunyo 02.02.2017, 14:16
Teglar: Kino, Barak Obama, AQSh, Qiz
​Barak Obamaning qizi kinokompaniyaga ishga kirdi

AQShning sobiq prezidenti Barak Obamaning to`ng`ich qizi Maliya The Weinstein Company (TWC) kinostudiyasida maosh to`lanadigan amaliyotni o`tamoqda, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Portalning xabar berishicha, Maliya loyihalashtirish bo`limida ishlamoqda. Uning vazifasi ssenariylarni qabul qilib, o`qib chiqish va undan kelgusida foydalanishni belgilashdan iboratdir.

18 yoshli Maliyaga xizmati uchun soatiga 9 dollardan pul to`lanadi.

TWC konostudiyasida Kventino Tarantinoning “Ozod bo`lgan Jango”, Gas Van Sentning “Aqlli Uill Xanting” va “Qirol so`zga chiqdi!”, “Artist”, “Mening qaylig`im telba” kabi filmlar suratga olingan.

2016 yilda Barak Obamaning to`ng`ich qizi Maliya maktabni bitirib, 2017 yil Garvard universitetidagi o`qishini davom ettirish oldidan gap year (“erkinlik yili”) deb ataluvchi ta`til olgan. Maliyaning singlisi Sasha 15 yoshga kirgan.

Sharhlar

Birinchi o`zbek kinooperatorining asarlari UNESSO ro`yxatiga kiritildi

10.05.2024, 22:03

Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 7- 8 may kunlari UNESSO Osiyo va Tinch okeani havzasi bo`yicha Jahon xotirasi qo`mitasi (MOWCAP)ning 10-yig`ilishi bo`lib o`tdi.Tadbirda UNESSO ishlari bo`yicha...
AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
AQShda 74 yoshli ayol bankni o`marganlikda ayblanmoqda

29.04.2024, 18:03

AQShning Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Maers Feyrfild shahridagi bankni o`marishda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Tintuv chog`ida mashinadan o`g`irlik paytida qo`llangani aytilayotgan to`pponcha, shuningdek, ayolga tegishli...
AQSh Falastinning BMTga to`liq a`zo bo`lishi haqidagi rezolyusiyani blokladi

19.04.2024, 17:02

Qo`shma Shtatlar Falastinni BMTga to`laqonli a`zo sifatida qabul qilish rezolyusiyasini blokladi. Davlatlar tashkilot Xavfsizlik kengashi yig`ilishida veto huquqidan foydalandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.Hujjatni Xavfsizlik...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1