1

​Kichkina qizaloq ukasini o`limdan qutqardi

Dunyo 08.04.2017, 10:55
Teglar: Qiz
​Kichkina qizaloq ukasini o`limdan qutqardi

Tessi — endigina olti yoshga kirgan bo`lsa-da, judayam aqlli qiz. Bir kuni u ota-onasining ukasi Ted haqida gaplashayotganliklarini, Tedning kasal bo`lib qolganini, ammo uni davolatish uchun pullari yo`qligini eshitib qoldi. Otasi yig`idan o`zini to`xtata olmayotgan onasini “Hozir Tedni faqatgina mo``jiza qutqarishi mumkin”, deb yupatardi.

Shunda Tessi xonasiga yugurib kirib, murabbodan bo`shagan shisha bankada saqlaydigan tangalarini hisoblash uchun erga to`kdi. Ularni sanab bo`lgach, qaytadan idishga soldi va bankani bag`riga bosgancha, dorixonaga yugurdi.

Tessi dorixonaga kirganda, dorixona sotuvchisi boshqa bir erkak bilan gaplashib turardi, u qizchaga umuman e`tibor bermadi. Tessi sotuvchining e`tiborini tortish uchun oyog`ini shapillatib ko`rdi. Sotuvchi hattoki o`girilib qaramadi. Shundan keyin qizcha qattiq yo`talib ko`rdi, foydasi bo`lmadi. Shunda u idish ichidagi tangalardan birini olib, u bilan peshtaxtani taqillatdi.

— Senga nima kerak? — dorixona sotuvchisi jahl bilan. — Ko`rmayapsanmi, oldimda odam bor. Chikagodan kelgan, uzoq yillardan beri ko`rmagan ukam bilan gaplashyapman.

— Men ham siz bilan ukam haqida gaplashmoqchi edim, — deb javob berdi Tessi ham qo`pollik bilan. — Ukam kasal... og`ir kasal... uning tuzalishi uchun mo``jiza sotib olishim kerak.

— Tushunmadim, nima sotib olmoqchisan?

— Ukamning ismi Ted, boshidan qandaydir o`simta o`sib chiqqan. Dadam uni faqatgina mo``jiza qutqaradi, dedi. Shu mo``jiza qancha turadi?

— Qizaloq, uzr, men senga yordam berolmayman, chunki do`konimda sen izlayotgan mo``jiza sotilmaydi, — dedi dorixona sotuvchisi.

— Menga yordam bering, uni sotib olishga pulim bor, agar pulim etmasa, yana olib kelaman. Faqatgina mo``jizaning qancha turishini aytsangiz bas!

Yaxshi kiyingan dorixona sotuvchisining ukasi qizchaning oldiga borib, cho`kkalab o`tirdi.

— Ukangga mo``jizaning qaysi turi kerak ekan?

— Bilmadim, — deb xo`rsindi Tessi. — Faqatgina ukamning og`ir kasalligini bilaman. Oyimning aytishicha, uni operasiya qilish kerak ekan. Operasiya uchun dadamning puli yo`q, shunga o`zim yiqqan pulni ishlatishga qaror qildim.

— Qancha puling bor? — deb so`radi chikagolik erkak.

— Bir dollaru o`n bir sent, — deb g`o`ldiradi Tessi. — Bor pulim shu, mabodo etmasa, yana topib kelaman.

— Bir dollaru o`n bir sent, ajoyib tasodif, — deb jilmaydi erkak.

U qizchaning qo`lidan pulni olib, uyiga olib borishni so`radi:

— Uylaringga borib, ukangni ko`rmoqchiman, keyin ota-onangdan ukang uchun aynan qaysi mo``jiza zarurligini bilmoqchiman!

Dorixona sotuvchisining ukasi bo`lgan chikagolik erkak — mashhur jarroh, neyroxirurgiya bo`yicha etuk mutaxassis, doktor Karlton Armstrong edi.

U Tedni bepul operasiya qildi, operasiya muvaffaqiyatli yakunlandi, bola uyiga sog`-salomat qaytdi.

Tessining ota-onasi juda ham baxtiyor edi. Ular baxtli tasodif tufayli uylariga qadam ranjida qilgan jarroh haqida suhbatlashishardi.

— Doktor haqiqiy mo``jiza yaratdi. Qiziq, operasiya qanchaga tushdi ekan? — deb shivirladi qizchaning onasi.

Tessi jilmayib qo`ydi, axir faqatgina u mo``jizaning bahosini biladi, uning bahosi bir dollaru o`n bir sent va kichkina qizaloqning ishonchi edi...

Sharhlar

Toshkentda qiz sevgilisini pichoqladi, omon qolgan yigit hali ham unga o`ylanish niyatida (video)

16.12.2019, 11:35

Toshkentdayigit va qiz o`rtasida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz sevgilini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qolgan. Bu haqda «Zamon» axborot dasturida...
Kosonda joniga qasd qilgan o`quvchi qizning sumkasidan xayrlashuv maktubi chiqqanmidi?

14.12.2019, 20:26

Koson tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi N.B. 4 dekabr, chorshanba kuni o`z joniga qasd qilish holatlari bilan vafot etgani haqida xabar bergan edik....
​ASLI TOShKENTLIK BO`LGAN AKTRISA MARVEL`NING YaNGI SERIALIDA BOSh ROLNI IJRO ETADI

11.07.2017, 14:37

Freeform kanali va Marvel Television “Yangi jangchilar” serialidagi bosh qahramon roli ijrochilarini topdi, deb yozadi “Anons.uz”. Yangi serialda bosh qahramonni asli o`zbekistonlik bo`lgan 30 yoshli...
​QIZIGA GULLAR VA KO`KATLARDAN TAYYoRLANGAN “LIBOS KIYDIRADIGAN” ONA (FOTO)

11.07.2017, 14:36

Aksariyat ota-onalardan farqli ravishda rassom Aliya Chaglar qiziga turli eguliklar va gullardan tayyorlangan “kiyimlarni kiydiradi”, deb xabar berdi Onedio.ru nashri. Aliya Chaglar 3 yoshli qizi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1