1

​Amerikalik ayol yangi sotib olgan sumkadan xitoylik mahbusning maktubini topdi

Dunyo 05.05.2017, 10:11
Teglar: Ayol, AQSh
​Amerikalik ayol yangi sotib olgan sumkadan xitoylik mahbusning maktubini topdi

Xat muallifi qamoqxonada Amerikadagi “qo`y va cho`chqa”lardan ham xarob ahvolda yashayotganligini ma`lum qilgan, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.

AQShning Arizona shtatidagi Sierra Vista shahrida yashovchi Lora Uolles (Laura Wallace) qaynonasi sotib olgan yangi sumka ichidan “xitoylik mahbus”ning xatini topib olganligini ma`lum qildi. Xat muallifi Xitoy qamoqxonalaridagi odam yashab bo`lmaydigan sharoit va og`ir mehnatdan shikoyat qilgan.

Uolles mazkur sumkani Walmart tarmog`iga tegishli mahalliy do`kondan sotib olgan. U sumkani ochib ko`rganda, ichidan xitoy tilida yozilgan xatni topgan. Ayol tanishidan maktubni tarjima qilib berishni iltimos qilgan. Unda Xitoyning Guansi tumanidagi qamoqxonada saqlanayotgan mahbuslar hayoti haqida yozilgan. Maktub muallifi Amerikada yashovchi “ot, sigir va cho`chqalar”dan ham yomon ahvolda yashayotganligini, sutkasiga dam olmasdan 14 soat ishlayotganligini, shu vaqt mobaynida o`z ishini tugallay olmagan mahbuslar kaltaklanishini bayon qilgan.

“Ovqatning yog`i va tuzi yo`q. Boss har oyda mahbuslarga 2 ming yuan to`laydi, agar mahbus kasal bo`ladigan bo`lsa, dori-darmon uchun sarflangan pul oyligidan olib qolinadi. Xitoylik har bir mahbus Amerikada yashovchi ot, sigir, qo`y, cho`chqa yoki itdan yomon sharotida yashaydi”, deyilgan sumkadan topilgan maktubda.

Xatni topib ayol maktub muallifiga yordam berish maqsadida mazkur xat haqida OAV vakillariga so`zlab berdi va bo`lgan voqea yuzasidan Walmart tarmog`i do`konini ayblamayotganligini bildirdi. Uolles xatni xitoy tilini biladigan yana ikki kishiga ko`rsatdi, ular ham yuqoridagi tarjimaning to`g`riligini tasdiqlashdi.

Sharhlar

AQSh Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo`llaganlikda aybladi

02.05.2024, 15:35

AQSh Davlat departamenti tomonidan e`lon qilingan bayonotga ko`ra, Rossiya qo`shinlari ukrainalik askarlarga qarshi xloropikrin zaharli moddasidan foydalangan. Bu haqda SNN xabar berdi. Vashingtonning fikricha, Moskva kimyoviy qurollardan...
AQShda 74 yoshli ayol bankni o`marganlikda ayblanmoqda

29.04.2024, 18:03

AQShning Ogayo shtatida yashovchi 74 yoshli Enn Maers Feyrfild shahridagi bankni o`marishda ayblanmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. Tintuv chog`ida mashinadan o`g`irlik paytida qo`llangani aytilayotgan to`pponcha, shuningdek, ayolga tegishli...
AQSh Falastinning BMTga to`liq a`zo bo`lishi haqidagi rezolyusiyani blokladi

19.04.2024, 17:02

Qo`shma Shtatlar Falastinni BMTga to`laqonli a`zo sifatida qabul qilish rezolyusiyasini blokladi. Davlatlar tashkilot Xavfsizlik kengashi yig`ilishida veto huquqidan foydalandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.Hujjatni Xavfsizlik...
AQShda qishki bo`ron qurbonlari soni 50 kishiga etdi

27.12.2022, 10:08

AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1