Xalqaro press-klubning 27 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Xalqaro matbuot markazida tashkil etilgan navbatdagi, jonli efir orqali efirga uzatilayotgan Press-koferensiyasi vaqtida elektr ta`minotida uzilish yuz berib, tadbir ishtirokchilari taxminan 5—7 daqiqa davomida chiroqsiz qolib ketgan.
Ushbu holat yuzasidan Xalqaro press-klub bosh prodyuseri G`ulom Samadov «Daryo» muxbiriga bergan izohida ushbu holatni «energetika tizimi ma`murlarining saylov jarayonlariga munosabati» deb atagan:
“Fikrimcha, Energetika vazirligi va uning quyi tizimi, Toshkent shahridagi elektr ta`minotiga mas`ul rahbarlar saylovlar jarayoni ketayotganini, saylov jarayonlari boshlanganini sezishi kerak. 20 sentyabrdan beri Markaziy saylov komissiyasi Xalqaro matbuot markazida Xalqaro press-klub to`g`ridan-to`g`ri efirga chiqyapti, mas`ullarning bundan xabari bor. Ular jonli efirni ko`ryapti, «Yoshlar» radiokanali orqali tinglayapti.
Tadbir joyini muqobil energiya yoki boshqa zaxira bilan ta`minlashga ular mas`ul bo`lishi kerak. Biz ularga elektr energiya bilan ta`minlab berishlarini so`rab rasman murojaat qilmaganmiz. Shunday bo`lsa-da, mutasaddilar mas`uliyatni his qilishi kerak. Bugun kuzatilgan elektr ta`minotidagi uzilish haqida ular bizni ogohlantirmagan. Buni energetika tizimining saylov jarayonlariga, umuman, siyosiy voqealarga munosabati, deyish mumkin”.
10.06.2024, 18:25
Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bog`chaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda prezident raisligida o`tkpzilayotgan yig`ilishda ma`lum qilindi.Yangi ijtimoiy ob`ektlarni loyihalashtirishda energiya tejamkorlik...21.04.2024, 16:18
1 maygacha hisob raqam to`ldirib qo`yilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz bo`yicha 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi. Yangi...01.04.2024, 09:13
Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot...18.03.2024, 10:51
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinni bo`lib o`tgan Prezident saylovida qozongan ishonchli g`alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar...